Qashqadaryoda svet oʻchavergach, hududiy elektr tarmoqlari ustidan sudga ariza tashlandi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi joylarda elektr energiyasi va undagi uzilishlar yuzasidan monitoring ishlarini olib bormoqda, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

  Qashqadaryoda svet oʻchavergach, hududiy elektr tarmoqlari ustidan sudga ariza tashlandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati vakili.

Taʼkidlanishicha, oʻrganishlar davomida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 12-16 soatgacha elektr tarmoqdan rejasiz uzilish holatlari kuzatilgan. Buning oqibatida aholi tomonidan haqli eʼtiroz va noroziliklar koʻpayib ketgan.

Реклама на Unews

"Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi joylarda elektr energiyasi va undagi uzilishlar yuzasidan monitoring ishlarini olib bormoqda. Biz ishni eng ogʻir hududlardan biri boʻlgan - Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida svet oʻchishi masalasini koʻrib chiqishdan boshladik. Odamlar 12-16 soatlab elektr-energiyasisiz oʻtirishga majbur boʻlayotgani aniqlandi", - dedi suhbatdosh.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi isteʼmolchilarni haq huquqlari buzilish holatlarini yuzaga keltirgan Hududiy elektr tarmoqlari boʻyicha sudga daʼvo aʼrizalarini kiritib bormoqda, deb qoʻshimcha qildi suhbatdosh.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 25-12-2020 Blogger

    Qashadryo viloyati, Shaxrisabiz tumani Xisorak qishlogiga uman svet yuq ertlab yonadi kechqurun sivet õchadi.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish