Qashqadaryoda savdo rastasi va bankomatlar ichida pullari bilan yonib ketdi (video)

Joriy yilning 27 yanvar kuni soat 23:58 da Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limiga Qarshi shahar “Xo`jaxiyol” MFY, “Qarliqbog`ot” ko`chasida joylashgan savdo rastasida yong`in sodir bo`ldi. 

 

Holat yuzasidan viloyat FVB ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, yong`in sodir bo`lgan manzilga 2 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi 00.05 da etib borgan va soat taxminan 00.33 larda yong`in to`liq o`chirilgan.

Реклама на Unews

 

Yong`indan  fuqaro X.B ga tegishli engil tipda qurilgan kichik hajmli savdo (savdo do`koni emas) rastasining 6 metr kvadrat va unga yondosh “Qishloqqurilishbank”ga tegishli bo`lgan bankomat (naqt pul echish uchun mo`ljallangan xona) qurilmasining 4 metr kvadrat maydon qismi zarar ko`rgan.

Yong`indan hech kim tan jarohati olgmagan.

Hozirda yong`in sababi  va zarari aniqlanmoqda.

Реклама на Unews

Shuningdek, FVB yong`in o`chiruvchilarga nisabatan bo`lgan norozilik fikrlariga ham izoh berdi. 

“Yong`inni bartaraf etish uchun avvalo mutaxassislar tomonidan elektr tokini tarmoqdan uzilmagunga qadar, yong`in-qutqaruvchilari tomonidan yong`inni o`chirishga kirishilmaydi. Birinchi navbatda qutqaruvchilar va atrofdagi fuqarolarning xavfsizligi inobatga olinadi.

Mazkur yong`in joyida katta kuchlanishli elektr toki borligi sababli yong`inga suv berishni imkoni bo`lmagan. Shunga qaramay qutqaruvchilar suv berishga uringan, natijada mavjud elektr toki qutqaruvchilarga o`z ta`sirini ko`rsatgan.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu manzildan o`tuvchi elektr liniyasini asosiy tarmoqdan uzish uchun elektr mutaxassislari tomonidan qariyb 30 daqiqa vaqt sarflangan.

Shu o`rinda fuqarolarimizdan vaziyatni to`liq bilmay turib soha vakillarini  ushbu harakatlarini noto`g`ri talqin qilmasliklarini so`rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring