Qashqadaryoda maktablarni dezinfeksiya qilish uchun 2,363 milliard so‘m ajratildi

Qashqadaryo viloyatida maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta’minlash uchun 2 milliard 363 million so‘m ajratildi. Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu jarayonga hokimliklar mas’ul hamda ular bu jarayonni to‘liq nazoratlariga ham oladi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ushbu mablag‘larga 4300 dona pirometr, 6900 dona dozator va antiseptik vositalar olib kelinadi.

Ta’lim jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan xarid qilinmaydi, deya ta’kidlaydi hokimlik axborot xizmati.

Реклама на Unews

Viloyat hokimligi shunday holatlarga duch kelinsa @qvh_murojaat yoki 75 220-03-00 raqamiga murojaat qilishni so‘ragan. 

7 sentyabrdan viloyatda 1091 ta maktabda ekspriment tariqasida 2-3 tadan sinflarda o‘qish boshlandi. 14 sentyabrdan barcha maktablarda o‘qish an’anaviy tarzda boshlanadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring