Qashqadaryoda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryoda koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri. 
«Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. shu yilning 7 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyul tumaniga borib, 12 iyun kuni Toshkent-Qarshi tezyurar (Afrosiyob) poyezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun o‘tib, ya’ni joriy yilning 15 iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

Bemor (erkak kishi) bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib, davolanib yurgan.

29 iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiyaga bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

O‘zbekistonda qatorasiga to‘rtinchi kun koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmoqda va endi virus qurbonlari soni 27 nafarni tashkil etmoqda. Shu vaqtgacha Toshkentda 14, Namanganda 4, Samarqandda, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona va Buxoroda bittadan o‘lim ro‘y bergandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring