Qashqadaryoda koronavirus aniqlangan 104 nafar yangi bemor haqida ma`lumot berildi

Avval xabar qilinganidek, 2020 yil 16 iyundagi ma`lumotiga ko`ra Qashqadaryo viloyatida COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 nafarga ko`payib, 161 nafarga etdi.(bulardan 6 nafari ilgari sog`ayib chiqqan).  Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, yangidan kasallik qayd etilgan 104 bemorning barchasi karantin muassasalarida saqlanayotganlar orasida bo`lgan. Ularning 66 nafari Qozog`iston, 5 nafari Turkiya fuqarolari, 10 nafari vohamizda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy korxona ishchilari, 1 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi, 20 nafari Kitob, 2 nafari Chiroqchi tumanlaridan (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olinganlar orasidan).

2020 yil  viloyat bo`yicha 16 iyun holatida viloyat bo`yicha jami 1732 nafar fuqaro karantin muassasalarida saqlanmoqda. Ularning 342 nafari stasionar, 1390 nafari uy karantinida.  

Реклама на Unews

Mavjud epidemiologik vaziyatni hisobga olib, viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi fuqarolardan karantin qoidalariga rioya etishni va uyda qolishni so`ramoqda. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring