Qashqadaryoda karantin cheklovlari kuchaytirildi

28 iyundan O‘zbekiston hududidagi joriy karantin tartibi kuchaytirilgandi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri hududiga kirish va chiqish bo‘yicha ma’lum cheklovlar joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining mazkur qarori asosida Qashqadaryo viloyatida ham cheklovlar tiklanmoqda. 

Co‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olgan holda va Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asoslanib, Qashqadaryo viloyatda ham qo‘shimcha cheklovlar joriy qilindi. Unga ko‘ra:

●    joriy yilning 28 iyunidan boshlab viloyat hududida ko‘ngilochar ob’ektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob’ektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 22:00 gacha ruxsat beriladi;

Реклама на Unews

●    ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish ob’ektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sig‘imining 50 foizidan qat’iy oshirmagan holda xizmat ko‘rsatadi;

●    supermarket va boshqa yirik do‘konlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar” va antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37S va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lishi ta’minlanadi;

●    barcha bozorlar – dehqon va buyum bozorlari, pishirilgan taomlar bilan savdo qiluvchi bozorlar, kunlik bozorlar, qurilish mollari bilan savdo qiluvchi bozorlar, avtomobil va ulgurji bozorlar haftaning bir kunini sanitar-tozalash uchun yopiladi;

Реклама на Unews

●    kunlik va juma namozlarini faqat masjidning ochiq havodagi maydonlarida (ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ichki ko‘chalar) tibbiy niqobda bo‘lish va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etiladi;

●    koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar va ushbu infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Qarshi shahridagi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ balansidagi “Geolog” sport majmuasida tashkil etilgan COVID-19 taqsimlash markazi faoliyati qayta tiklanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring