Qashqadaryoda 9 ta tibbiyot muassasasi rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Sababi...

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida tibbiy uskunalar xarid qilinishining qonuniyligi o`rganildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yil va 2021 yilning 1-yarim yili davomida 10 ta tibbiyot muassasalari tomonidan 75 dona jami 7 mlrd. 817,6 mln. so`mlik tibbiy uskunalar Qarshi shahridagi mas`uliyati cheklangan jamiyatdan shartnoma asosida juda qimmat narxlarda byudjet mablag`lari hisobiga sotib olingan.

Ushbu materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuratura  huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan va Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan bozor bahosini aniqlash bo`yicha ekspertiza tayinlangan.

Реклама на Unews

X.Sulaymonova nomidagi Respublika ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyati bo`limi ekspertlari tomonidan dastlabki baholash ishlari yakunlariga ko`ra, 65 dona 43 turdagi tibbiy uskunalari tibbiyot muassasalari tomonidan 5 mlrd. 421,4 mln. so`mga xarid qilingan bo`lsa, ekspert xulosasiga ko`ra, haqiqatda, 2 mlrd. 808,1 mln. so`mlik qiymatga ega ekanligi, ya`ni 2 mlrd. 613,3 mln. so`mga qimmat narxlarda sotib olinganligi aniqlanadi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2 mlrd. 613 mln. 334 ming 899 so`mga qimmat narxlarda tibbiy uskunalar sotib olinganligi holati yuzasidan 2021 yil 16 dekabr kuni  ta`minotchi jamiyat va Qashqadaryodagi 9 ta tibbiyot muassasalari mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

"Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 28-12-2021 cayot

    Haaaaaa, ko'za kuzda emas kunida sinadi deb shuni aytishsa keragov.....

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish