Qashqadaryo viloyatining 8 ta hududida elektr ta’minoti to‘xtadi

Tallimarjon IESdagi ikkita energobloklar to‘xtagani sababli Qashqadaryo viloyatining 7 ta tuman va 1 ta shahar elektr ta’minotida to‘liq uzilish qayd etildi. Viloyatning boshqa hududlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.

«Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot хизматиxabarига ko‘ra, 8 yanvar kuni Tallimarjon IESdagi har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita energoblok to‘xtagan.

Shu sababli viloyatning Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz tumani, Shahrisabz shahri, Kitob, Chiroqchi, G‘uzor, Nishon tumanlari elektr ta’minotida to‘liq uzilish kuzatilmoqda. Viloyatning boshqa hududlarida ham elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligi aytildi.

Bundan avval, Qashqadaryo viloyatida elektr tizimidagi uzilishlar sababli suv ta’minoti ham to‘xtaganligi haqida xabar bergan edik.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring