Qashqadaryo hokimiyati jurnalistga bosim qilayotgani aytilmoqda
778 28-04-2022 0 O'zimizdaQashqadaryo viloyati bo‘yicha xabarlarni yorituvchi «Nasafnews» nashri bosh muharriri IIV xodimlari tomonidan majburan olib ketilgani aytilmoqda.
«Sayt muxbirlari ishlayotgan ofisga IIV va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasida ishlashini aytgan xodimlar bostirib keldi. Xodimlardan biri sayt bosh muharririni majburiy tartibda olib ketishga harakat qildi.
Xodimlar qo‘lida hech qanday asos va chaqiruv xati yo‘q», deya yozadi sayt vakili Dilshod Nabiyev.
Ayni paytda IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ham vaziyatga izoh berib o‘tgan:
«Sayt muxbiri viloyat hokimiyatiga suhbatga taklif etilgan xolos».