Qashqadaryo DSBga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Alisher Abdulaxatovich Qodirov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Alisher Qodirov 1975 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.  Ma’lumoti oliy. 1994 yilda Samarqand moliya texnikumini, 2004 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 1992 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi Soliq tushumlarini jamlash va nazorat qilish bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

Реклама на Unews

Alisher Qodirov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Alisher Abdulaxatovich Qodirov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring