Qarshida haydovchi yana bir YPX xodimini uyaltirdi (video)

Joriy yilning 23 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda “Maqsud Muzaffarovdan navbatdagi shedevr video… u gaiga tushdi” sarlavhasi ostidagi video tarqalgan edi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ushbu videolavha O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan o‘rganilganda, joriy yilning 28 may kuni belgilangan kunlik xizmat taqsimotiga asosan, 3-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori O.Tursunov yo‘l harakati  xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qarshi shahar, A.Temur va I.Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahaga xizmatga jalb qilinganligi, YPX katta inspektori 28 may kuni soat 07:40 larda, Qarshi shahar, A.Temur ko‘chasida xizmat o‘tayotgan vaqtida, “Spark” rusumli, 70 Y 033 KA davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi A.Temur va I.Karimov ko‘chalari kesishmasida o‘rnatilgan svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida orqaga qayrilib olib harakatlanib kelgan vaqtida inspektor haydovchini belgilangan tartibda to‘xtatadi.

Haydovchiga o‘zini tanishtirib, sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan tushuncha berib, avtomashina boshqarishga oid tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so‘raganda haydovchi o‘zini M.Muzaffarov deb tanishtirib, YPX xodimidan kunlik xizmat o‘tash to‘g‘risidagi dislokasiya ko‘chirmasini ko‘rsatishini so‘ragan, deydi "nnews.uz".

Реклама на Unews

YPX katta inspektori O.Tursunov aynan ushbu chorrahaga biriktirilgani bo‘yicha dislokasiya ko‘chirmasini  haydovchiga ko‘rsata olmaganligi, unga Qarshi shahar hududi bo‘yicha xaritani ko‘rsatganligi ma’lum bo‘ldi.

YPX katta inspektori, haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarini tushuntirishga harakat qilgan. Lekin, yetarlicha bilimga ega bo‘lmaganligi sababli ushbu Nizom talablarini to‘liq yetkazib bera olmagan.

YPX katta inspektori haydovchiga nisbatan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 31-bandida ko‘rsatilib o‘tilgan talablarni buzganligi uchun belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Реклама на Unews

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatining xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablarini buzganligi uchun Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXO 3-safarbarlik guruhi YPX inspektori O.Tursunovga “Tanbeh” intizomiy jazosi e’lon qilindi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring