Qarshi shahriga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Qarshi shahriga 30 dona avtobus olib kelindi. Qashqadaryo viloyatiga yana 50 dona «Isuzu» rusumli yangi avtobuslar ham olib kelinadi. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi xabar berdi, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Keltirilgan ushbu avtobuslar zamonaviy va keng hajmli salon, yumshoq o`rindiqlar, sovitkich vositalari, salondagi iqlim nazorati, mukammal xavfsizlik tizimlariga ega. Tushib-chiqish ham ancha qulay.

Ma`lumot o`rnida, o`tgan yili ham viloyatga 80 dona yangi avtobus keltirilgan. Ular hozirda Qarshi shahri va shahar atrofi yo`nalishlarida qatnovni amalga oshiryapti.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring