Qarshi shahridagi dehqon bozori ishchilari orasida koronavirus aniqlangani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi “Erqo`rg`on” dehqon bozori ishchilari orasida koronavirus infeksiyasi yuqtirgan kishi aniqlangani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Bozor ma`muriyatining bildirishicha, bu xabarlar hech qanday asosga ega emas.

Ma`lum qilinishicha, bu kabi mish-mishlarning paydo bo`lishiga kecha Koson tumani Nekuz qishlog`ida yashovchi bir necha kishining bozordan olib ketilib,  Covid-19 virusi uchun tahlil olingani sabab bo`lgan. Ayni paytda ushbu fuqarolarning hech birida virus aniqlanmadi.

Реклама на Unews

Shunga qaramay, bozorda barcha zarur xavfsizlik choralarini ko`rish, sanitariya-gigiena talablarini ta`minlash maqsadida keng miqyosli dizenfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

“Erqo`rg`on” dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ raisi Toshturdi To`raevning ma`lum qilishicha, ertaga ham bozorda to`liq dezinfeksiya tadbirlari o`tkaziladi. 13 iyun kuni tongdan esa bozor karantin talablariga qat`iy amal qilgan holda yana o`z faoliyatini  boshlaydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring