Qariyb 4 mlrd so‘mni “uxlatgan” bosh hisobchi ushlandi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida korxona bosh hisobchisi rahbarining 3,9 milliard so‘mini o‘zlashtirib olgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tayanib "Qalampir" ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hisobchining kirdikorlari fosh bo‘lgan. 

MCHJ bosh hisobchisi tijorat banki filialidan bank-mijoz dasturidan foydalanish uchun ushbu MCHJga berilgan elektron kalitdan foydalanib, oylik ish haqidan tashqari qo‘shimcha 3,9 milliard so‘mni o‘ziga avans sifatida hisoblagan va plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring