Qaniydi qo‘limdan kelsa... – Shermatov ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida

Ayni paytda Toshkent besh tashabbus harakatining ikkinchi kuni doirasida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Vazir uchrashuv avvalida savol-javoblar rasmiyatchiliklardan xoli o‘tishi tarafdori ekanini ta’kidlab, har qanday savolga javob berishga, takliflar bo‘lsa eshitishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.

Uchrashuv davomida maktablarda fizika, matematika darslarida sinfni ikkiga bo‘lib o‘tish, shuningdek, muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislardan master klass tashkil etish taklifi berildi.

«Men chindan ham bunga qarshi emasman, lekin bu narsalar hammasi mablag‘ga bog‘liq. Masalalar menga, sinflarda 35ta emas, 24ta o‘quvchi bo‘lsin deyishadi. Qaniydi qo‘limdan kelsa! Elementar hisoblab ko‘rsak, birgina shu ishni amalga oshirishning o‘ziga bir o‘quv yili uchun qo‘shimcha 9 trln. so‘m kerak bo‘lar ekan. Fizika va matematikani bo‘lib o‘qitishga ham kamida 5-6 trln. ketadi, menimcha. Byudjet cheklangani uchun hammasini birdaniga amalga oshirish imkonsiz.

Muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislar bilan ochiq muloqot masalasiga kelsak, bunga hech qanday cheklov yo‘q», dedi Xalq ta’limi vaziri.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring