Qanday qora non xavfli ekani aytildi

Ko‘pgina mutaxassislar tomonidan qandli diabetning ikkinti turida qora non tavsiya qilinadi. Biroq diyetolog Maykl Mosliga ko‘ra, ushbu mahsulotni tanlayotganda ehtiyot bo‘lish kerak ekan, chunki ba’zi qora nonlar qonda shakar miqdorini oshirib yuborishi mumkin ekan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Mutaxassis do‘konlarda sotilayotgan qora nonning ko‘pgina turlariga ta’mini yaxshilash uchun har xil qo‘shimchalar qo‘shilgani va ular qonda shakar miqdorini oshirishi mumkinligi ta’kidlamoqda. 

Uning fikricha, qandli diabetdan aziyat chekayotgan odamlar non emas, balki butun donlar (grechka, jigarrang guruch, javdar, arpa, kinoa), shuningdek, dukkakli mahsulotlarni iste’mol qilgani ma’qul ekan.

Реклама на Unews

Ushbu mahsulotlar qand miqdorining keskin o‘zgarishini to‘xtatuvchi, oshqozon mikroflorasini yaxshilovchi murakkab uglevodlarga to‘yingan. Shuningdek, shirinliklar, meva sharbatlari va gazli ichimliklar iste’molini kamaytirish yoki cheklash juda muhimdir.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring