Qanday hollarda IIV xodimlarini tasvirga olish mumkin emas?

15 dekabr kuni AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G`iyosov davlat xizmatchilari, ya`ni IIV xodimlarini xohlagan odam, xohlagan vaqtda tasvirga olishi va istalgan platformaga ushbu videoni qo`yishi mumkinligini aytgan edi.

Shu bilan birga bunda xodimlarning ishiga xalaqit berish mumkin emasligi ma`lum qilingan.

Vazirlik matbuot kotibi Shohrux G`iyosov xodimlarni qanday holatlarda tasvirga olish mumkin emasligi, qaysi holatlar ularning ishiga xalaqit berish hisoblanishi va xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti davomida yuzaga keladigan holatlar bo`yicha qo`shimcha izoh berdi.

Реклама на Unews

IIV xodimlarining xizmat faoliyatini har bir fuqaro tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa qo`yishga haqi bor. Lekin bu erda uchta taqiqlangan istisno holatlar bor.

Birinchidan, ichki ishlar organlarining ma`muriy binolari maxsus tartibli ma`muriy idoralar hisoblangani bois u erga telefonlarni olib kirish va tasvirga olish taqiqlanadi. Faqat idora rahbari ruxsat etgan taqdirdagina mumkin. Chunki bu binolar maxsus tartibli bo`lib, u erda maxfiy ish yurituvi, fuqarolarning shaxsiy ma`lumotlari bilan bog`liq materiallar, qurol-aslaha mavjud.

Ikkinchidan, xodimlarning xizmat faoliyatiga xalaqit berish mumkin emas. Ya`ni xodimlarni xizmat vaqtida turli so`roqqa tutish, unga tegish mumkin emas. Bunda xavfsiz joydan turib, xalaqit bermasdan tasvirga olish mumkin.

Реклама на Unews

Ba`zi hollarda ko`ramiz, yo`lning qatnov qismiga chiqib olib yoki xizmat faoliyatiga xalaqit bergan holda amalga oshiriladi. Albatta, bunday hollarda xodimlar fuqarolardan huquqbuzarlik sodir bo`lgan joyni tark etishni talab qilishga, agar talab bajarilmasa ularga majburiy choralarni qo`llashga haqqi bor. Agar xodim ogohlantirgandan keyin shu harakatlar davom etsa, tasvirga olayotgan fuqaro ma`muriy javobgarlikka tortiladi.

Uchinchidan, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatdan tashqari vaqtda shaxsiy hayoti va oilasi bilan bog`liq vaziyatlarni tasvirga olish va tarqatish, shaxsiy hayoti bilan bog`liq ma`lumotlarni oshkor qilish taqiqlanadi. Bu uni fuqaro sifatida huquqini poymol qilish hisoblanadi.

Bundan tashqari, IIV xodimlari jurnalist-blogerlar va fuqarolarning savollariga javob berishga majbur emas. Agar jurnalistlar, blogerlar va boshqa turli fuqarolar IIO xodimlariga turli tushuntirishlar so`rab murojaat qilishsa, u javob bermaslikka haqli, buning uchun har bir viloyat IIBBlarida Axborot xizmatlari mavjud, ular tomonidan berilgan ma`lumot rasmiy hisoblanadi. Agar axborot xizmatlari jurnalist va blogerlarning so`rovlariga javob bermasa yoki javobni sababsiz kechiktirsa, ularga intizomiy jazo choralari qo`llaniladi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari har bir fuqarodan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini talab qilishga haqli, xoh u Avtomobil haydovchisi, xoh piyoda bo`lsin.

Agar fuqarolar xodimlarning xatti-harakatlaridan norozi bo`lsa "1102" qisqa raqami orqali ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilib yoki yuqori turuvchi tashkilotga murojaat qilsa, albatta, tegishli choralar ko`riladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring