BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Qanday bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi?

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi: 

 nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish); 

 eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik); 

 ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar); 

 tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operasiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqaning idiapatik deformasiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish a’zosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tug‘ruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish a’zolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari); 

 psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi); 

 murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi); 

 sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri. 

O’zbekistonlik tadbirkorlarning “Alibaba” platformasida mahsulot sotishi osonlashdi Eksportchilar uyushmasi jahon gigantining rasmiy vakiliga aylangan, deb yozmoqda "uznews.uz" nashri.  O‘zbekistonda Xitoyning gigant savdo platformasi “Alibaba” kompaniyasi ish boshladi, deya xabar bermoqda O‘zA.Mazkur kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Eksportchilar uyushmasi hisoblanadi.– Alibaba.som saytida ilgari ham o‘zbek mahalliy tadbirkorlarimiz, eksportyorlarimiz o‘z mahsulotlarini joylab, eksport qilishgan, – deydi O‘zbekiston eksportchilari uyushmasining yetakchi mutaxassisi Ma'ruf Pardayev. – Ammo bu juda katta portal, juda ham murakkab jarayon bo‘lgani uchun registratsiya jarayonidagi ko‘p savollar yuzasidan tushunmovchiliklar bo‘lgan. Shuning uchun ko‘pchilik tadbirkorlarimiz ishning yarmidan tashlab ketishga majbur bo‘lishgan. Endilikda mazkur kelishuv O‘zbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.som saytiga maxsus kalitlarni ochib berdi. Bu O‘zbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda “Alibaba” bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi.– Aslida “Alibaba” shu vaqtgacha O‘zbekistonda o‘z shu'basini ochmagan, – deydi O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov. – Negaki ularning talablari yuqori. Ko‘pchilikda bu O‘zbekistonga qanday foydasi bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchidan, tez, qulay va arzon tarzda mahsulotlarimizni jahon elektron tarmog‘iga joylab olamiz. Ikki tarafga ham bu platforma kafolat vazifasini o‘taydi. Buning natijasida tadbirkorlarimiz ham xotirjam o‘z mahsulotlarini eksport qila oladi. Ikkinchidan, eng asosiysi, “Alibaba” orqali biz Xitoy bozoriga va Xitoy orqali qo‘shni davlatlarga chiqa olamiz. Bu O‘zbekiston eksportini 2-3 barobarga oshirishimizga yo‘l ochadi.Ma'lum qilinishicha, ushbu platforma orqali mahalliy qandolatchi korxonalaridan biri 3 million AQSh dollariga teng shartnoma imzolagan.Avvalroq, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari F. Usmanov "Alibaba"ning Rossiyadagi rasmiy hamkori PAL kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekistonning mahalliy mahsulotlarini ushbu savdo maydonchasiga joylashtirish masalalarini muhokama qilgandi. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.    Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri. Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi. Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi. 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi «Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring