Qandahordagi portlash oqibatida halok bo`lganlar soni 63 taga etdi

Afg`onistonning Qandahor viloyatidagi shialar masjidida juma namozi vaqtida portlash sodir ro`y bergandi.

“Baxtar” agentligi ma`lumotiga ko`ra, hodisa oqibatida 63 kishi halok bo`lib, 83 kishi yaralangan. Portlash ro`y bergan vaqtda masjid hududida odam ko`p bo`lgan.  Avvalroq mazkur terakt oqibatida 41 kishi halok bo`lganligi aytilgan edi.

Ma`lum bo`lishicha, bu safargi portlash ham terrorchi hudkush o`zini portlatishi oqibatida yuzaga kelgan.

Реклама на Unews

Eslatib o`tamiz, o`tgan haftada ham Qunduzdagi shialar masjidlaridan birida juma namozi vaqtida terrorchi xudkush o`zini portlatishi oqibatida 120 kishi halok bo`lgan, 150 kishi jarohatlangandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring