Qamchiq dovonida Nexia yonib ketdi. Mashinadagi 5 kishi chiqib olishga ulgurgan

Qamchiq dovonida 6 iyun kuni soat 17:00 da Nexia yonib ketdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, voqea Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 246-kilometrida yuz bergan. Besh kishidan iborat yo‘lovchi avtomobil salonidan o‘z vaqtida chiqib ketishga ulgurgan.

Bir necha daqiqa ichida yong‘in sodir bo‘lgan joyga FVVning «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelib, qisqa vaqtda yong‘inni bartaraf etgan.

Avtomobildagi yo‘lovchilar tan jarohati olmagan. Qutqaruvchilar ularga barcha zarur yordamlarni ko‘rsatgan. Aniqlanishicha, yong‘in avtomobilning dvigatel qismidagi elektr simlarning qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring