Qalampir yeyish bo‘yicha rekord yangilandi (foto, video)

Kanadalik Mayk Jek o‘zining rekord ko‘rsatkichini yangilab oldi. Ginnesning rekordlar kitobi xabariga ko‘ra, u o‘n soniya ichida dunyodagi eng achchiq uchta qalampirni paqqos tushirdi. Bu haqda CNN xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashei.

Rekord 2020 yil noyabr oyining oxirida Ontarioda qayd etildi. Mayk rejasini o‘z uyida amalga oshirdi. Bunda unga rafiqasi Jeymi yordamlashib turdi. U guvoh, xronometrajist va murabbiy sifatida ishtirok etdi. Shartlarga ko‘ra, har bir qalampir kamida besh grammni tashkil etishi kerak edi. Jek, shuningdek, dunyodagi eng achchiq qalampirlar turiga mansub Karolina o‘roqchisini chaynaganligini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etdi.

Qalampirning bu turi «PuckerButt Pepper Company» kompaniyasidan Ed Karri tomonidan yetishtirilgan. Janubiy Karolina Uintrop universitetida o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, bunday qalampir Skovill shkalasi bo‘yicha o‘rtacha 1,6 mln birlikni tashkil etadi. Mayk esa 9,72 soniyada Skovill shkalasi bo‘yicha taxminan 4,9 mln birlikni iste’mol qilgan. Taqqoslash uchun, xalapeno qalampirining ko‘rsatkichi 2 — 10 ming birlik atrofida.

Kanadalik uchun bu rekord garchi yutuq bo‘lsa-da, lekin achchiq qalampir iste’mol qilish uning uchun odatiy holga aylangan. U muntazam ravishda chili iste’mol qilish bo‘yicha musobaqalarda qatnashib turadi. Bu borada, hatto, «YouTube»da o‘z kanalini yuritadi.

«Men o‘z oldimga chili yeyish bo‘yicha iloji boricha ko‘proq Ginnes rekordlarini o‘rnatishni maqsad qilib qo‘yganman», — dedi rekordchi.

Uning hisobida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan uchta rekord bor. 2019 yil yanvar oyida u 9,75 soniyada uchta Bxut Jolokiya chili qalampirini yeb tugatdi (uning achchiqligi garchi Kaliforniya o‘roqchisiga yetib bormasa-da, Skovill shkalasi bo‘yicha 1 mln birlikdan oshadi). Mart oyida u Bxut Jolokiya chilini bir daqiqa davomida iste’mol qildi va shu vaqt ichida 97 gramm qalampirni paqqos tushirdi. 2020 yil fevral oyida u ikki daqiqa davomida 246 gramm Bxut Jolokiyani iste’mol qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring