BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

«Qabul kvotalari kamaymaydi, aksincha...» — Vazirlik izoh berdi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022/2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingandi.

Unda ko‘zda tutilayotgan ayrim o‘zgarishlar ijtimoiy tarmoqlarda «OTMga qabul o‘rinlari kamaytirilmoqda» mazmunida noto‘g‘ri talqin qilinmoqda, deya izohladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Aslida qanday?

Loyihaga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari jami 123 460 (bakalavr – 112 378, magistratura uchun – 11 082) nafar etib belgilanmoqda.

Alohida e’tibor qaratish lozimki, bu ko‘rsatkichlarda moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan 36 ta oliy ta’lim muassasasining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlari ko‘zda tutilmagan.

Agarda ushbu parametrlarni ham qo‘shib hisoblasak, 2021/2022-o‘quv yiliga nisbatan qabul kvotalari 10 foizga oshirilib, o‘tgan yilgi 180 ming ko‘rsatkich bu yil 200 mingga yetkazilishi kutilmoqda.

Demak, qabul o‘rinlari kamaymaydi, aksincha oshiriladi.

Xorijdan O`zbekistonga qaytgan mehnat migrantlarining bandligi ta`minlanishi bo`yicha Prezident Qarori loyihasi e`lon qilindi Prezidentning “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib O`zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni ish bilan bandligini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori loyihasi e`lon qilindi. Unga ko`ra, 2022 yil 1 iyuldan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida orttirgan mablag`lari hisobidan O`zbekistonda tadbirkorlikni yo`lga qo`ymoqchi bo`lgan mehnat migrantlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun “50x50” tamoyili asosida dastur joriy etiladi. Bunda: loyiha umumiy qiymatining 50 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ko`p bo`lmagan miqdorda Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasi hisobidan subsidiya ajratiladi; ajratiladigan subsidiyalar har bir ishga qabul qilingan fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan oshmasligi kerak; subsidiya ajratishda Yagona milliy mehnat tizimida ro`yxatdan o`tkazilgan mehnat shartnomasi asos hisoblanadi.   Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki qaytib kelgan mehnat migrantlar uchun “O`z kelajagimga o`zim investor” loyihasi joriy etiladi. Bunda: dastur doirasida TIF “Milliy bank”, AT “Xalq bank” va AT “Sanoatqurilishbank” tomonidan kamida 1 ming nafar mehnat migrantiga ishlab chiqarish, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport, xizmat ko`rsatish yo`nalishidagi har bir loyiha uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha kredit ajratiladi; kredit olmoqchi bo`lgan fuqaroning mehnat migrasiyasidan qaytganligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining “labor-migration” dasturiy majmuasida qayd etilgan ma`lumotlar asosida taqdim etiladigan tasdiqnoma bilan tasdiqlanadi; dasturni amalga oshirish uchun Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`laridan mazkur kichik bandda ko`rsatilgan banklarga 30 milliard so`m miqdorida resurs ajratiladi; kredit resurslari Reintegrasiya markazi rahbari va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining hududiy filiallari tomonidan taqdim etiladigan manzilli ro`yxat asosida moliyalashtiriladi; dastur doirasida 33 million so`mgacha ajratilayotgan kredit mablag`lari mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan garov ta`minotisiz ajratiladi.

Fikr qoldiring