Putinning yordamchisida koronavirus aniqlandi

Rossiya Hukumati rahbari Mixail Mishustin Prezidentning yordamchisi Maksim Oreshkin koronavirus bilan kasallanganini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Kuzbasning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilish paytida Bosh vazir sobiq Iqtisodiy rivojlanish vaziri aloqada ekanligini aytgan va unga sog‘lik tilagan.

Mishustinning o‘zi o‘tgan bahorda COVID-19 bilan kasallangan edi. Kasallik paytida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov uning vazifasini vaqtinchalik bajargandi.

Реклама на Unews

Kecha, 5 mart kuni Hukumat rahbari Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2021 yilning kuziga qadar yakunlanishi kerakligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda EpiVacCorona vaksinasini ommaviy ishlab chiqarish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring