Putin yanglishdimi? Rossiya yaratgan koronavirusga qarshi vaksinaning asl holati oshkor bo‘ldi

Rossiyaning «Fontanka» nashri Gamaleya markazining SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasi to‘g‘risidagi hisoboti bilan tanishib chiqdi. Gazetada qayd etilishicha, u Vladimir Putin va Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko aytganidek umidli ko‘rinmayapti. Bu haqda "Daryo" yozmoqda,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

11 avgust kuni ro‘yxatga olingan vaksinaning epidemiologik samaradorligi o‘rganilmagan. Tadqiqot davomida vaksina sinab ko‘rilgan 38 nafar ko‘ngillida 144 ta nojo‘ya ta’sir kuzatilgan.

Shifokorlar mijozlarga vaksinani sinab ko‘rayotgan paytda qo‘llarida shokka qarshi uskuna ushlab turishlari shart. Bu haqda esa Rossiya prezidenti «Gam-Kovid-Vak» taqdimotidan oldin xabardor qilinmagan.

Реклама на Unews

«Gam-Kovid-Vak»ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan Gamaleya markazining hujjatlarida, vaksina faqat favqulodda holatlarda ishlatiladigan dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibidan o‘tganligi aytilgan. «Gam-Kovid-Vak»ni qo‘llash faqat aholini vaksinoprofilaktikalash huquqiga ega bo‘lgan tibbiy tashkilotlar sharoitidagina mumkin.

Cheklovlar juda tez va juda keng bo‘lmagan tadqiqotlar bilan bo‘liq. Immunologik xususiyatlari va xavfsizligi faqat o‘rta yoshdagi 38 nafar sog‘lom kishilarda o‘rganilgan xolos.

Gamaleya markazi hisobotlarida keltirilishicha, preparat bilan emlash ko‘ngillilarning 100 foizida infeksiyaga qarshi antigen-spesifik hujayraviy immunitetning shakllanishiga olib kelgan. Ammo 42 kungina olib borilgan tadqiqot ishlab chiquvchiga chuqur xulosalar chiqarishga imkon bermagan.

Реклама на Unews

Aftidan bu emlash boshlanganidan 42-kun o‘tgach barcha ko‘ngillilarning zardobida virusni neytrallashtiruvchi o‘rtacha titri 49,3 bo‘lgan antitanalar deaktivasiyalashgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Titr — muayyan miqdordagi zardobda mavjud antitanlar miqdori. Uning o‘lchov birligi mME/ml bo‘lib, u qancha kam bo‘lsa, organizmda antitanalar miqdori ham shuncha kamligini bildiradi. 49,3 ko‘rsatkich antitanalar o‘rtacha miqdoriga ham yetmaydi. Vaqt o‘tgan sari u yanada kamayib boradi.

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi «Gam-Kovid-Vak»dan keyin immunitet ikki yil davomida saqlanib qolishi mumkinligini aytgandi. Sechenov nomidagi universitet patafiziologiya professori, tibbiyot fanlar doktori Anton Ershovning ta’kidlashicha, bu gipotezani tasdiqlovchi dalillar yo‘q.

Gamaleya markazining preparatning xavfsizligi, bardoshliligi va immunogenligi borasida ochiq klinik o‘rganishlar asosida tuzilgan hujjatlari yangi vaksinaning tashqi belgilar namoyon qilmasligi va nojo‘ya ta’sirlari yo‘qligi haqidagi tezisni tasdiqlay olmaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, noma’qul hodisalarni sodir bo‘lishi darajasiga ko‘ra tez va juda tez deb baholash mumkin.

38 nafar ko‘ngillida 144 ta nojo‘ya ta’sirlar qayd etilgan. Ularning ko‘pchiligi asoratsiz o‘tgan. Ammo tadqiqotning 42-kuniga kelib, 31 ta nojo‘ya ta’sir bartaraf qilinmagan, 27 ta nojo‘ya ta’sirning qanday yakunlangani mutaxassislarga haligacha noma’lum.

Vaksinasiyadan keyin ko‘ngillilarning preparat kiritilgan joyida shish, og‘riq, gipertermiya va qichima kuzatilgan. Umumiy asoratlar sifatida asteniya, ko‘ngil aynishi, pireksiya, haroratning ko‘tarilishi, ishtahaning pasayishi, bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i, diareya, burun bitishi, tomoq qichishi va rinoreya qayd etilgan.

Tibbiyot hujjatlaridan kelib chiqilsa, vaksinani qo‘llash 18-60 yosh chekloviga ega. Bu ham tadqiqotlarning qisqa o‘tkazilgani bilan bog‘liq. Bolalar va keksalarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

Shuningdek, homilador va emizikli ayollarga ham uni qo‘llash taqiqlangan, chunki uning «samarasi va xavfsizligi o‘rganilmagan». Bundan tashqari, vaksinaning boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri va uning transport vositasini boshqarish qobiliyatiga qanday ta’siri ko‘rsatishi ham o‘rganilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Farmasevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assosiasiyasi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligini Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi.

Assosiasiya vaksina yaratuvchilari uning sinovlarini hatto yuzlab odamlar ishtirokida ham yakunlamagani, bundan tashqari vaksina asosida sinovlari hali ham davom etayotgan MERS’ga qarshi boshqa vaksina borligini bildirgan va shu sababli uning samaradorligi to‘g‘risida xulosa berishga hali asos yo‘q deb topgan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko unga javoban Gamaleya markazining vaksinasi «yo‘q joydan paydo bo‘lib qolmagani», markaz Ebola va MERS’ga qarshi vaksinalar ishlab chiqib, ushbu sohada 10 yildan ortiq vaqt davomida ish olib borayotganini bildirgan.

Roszdravnadzordan bo‘lgan Sergey Glagolev o‘z navbatida AQSh va Yevropa Ittifoqida preparatlar klinik sinovlarning dastlabki bosqichlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishini aytgan.

11 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu vaksina ro‘yxatga olinganini va qizlaridan biri emlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi emlanishdan so‘ng qizining tana harorati 38 darajagacha ko‘tarilgan, ertasi kuni esa 37 darajagacha tushgan. «Ikkinchi muolajadan so‘ng tana harorati yana biroz ko‘tarilib, keyin tushdi. O‘zini yaxshi his qilyapti», — deb aytgan va ushbu vaksina samarali ekanligini ta’kidlagan.

Putin Rossiyada vaksinani ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etilishiga umid qilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring