Putin qoldirilgan G‘alaba paradi qachon o‘tkazilishini e’lon qildi

Ma’lumki, joriy yilda 9 may kuni ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Moskvadagi G‘alaba paradi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgandi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus tarqalishi o‘zining avj pallasidan o‘tganini ma’lum qilib, G‘alaba paradiga tayyorgarlikni boshlashga ko‘rsatma berdi. 

RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda Putin parad 24 iyun kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Реклама на Unews

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada bugungacha 362 342 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning 3807 nafari vafot etdi va 131 129 nafari sog‘aydi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi harbiy paradda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi taxmin qilinayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 9 may Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan davlatlardan faqatgina Belarus va Turkmaniston parad uyushtirdi. Turkmanistonda bunday parad birinchi marta o‘tkazildi.

Реклама на Unews

Yana 20 kishidan koronavirus infeksiyasi aniqlandi – O‘zbekiston

Yangi qonun: endi amaldorlar daromadlarini yashirolmasligi mumkin...

Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring