Putin o‘zbekistonlik migrantlarga taalluqli farmonni imzoladi

Rossiya prezidenti mamlakat hududida noqonuniy bo‘lib turgan mehnat migrantlariga 2021 yilning 30 sentyabriga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat beruvchi tegishli farmonni imzoladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish chorlari qo‘llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.

Avvalroq, Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 2021 yil 15 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgani aytilgandi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring