Putin meni qayta saylanishimni xohlamayapti – Tramp

AQSH Prezidenti Donald Tramp navbatdagi saylovlardagi g‘alabasini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xohlamasligiga ishonadi. Bu haqda Oq uy rahbari jurnalist Sheril Atkisson bilan suhbatda aytib o‘tdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“U menga yoqadi, lekin menimcha, u mening saylovda g‘alaba qozonishimni xohlamaydi“, deydi Tramp.

Shuningdek, Tramp Xitoy ham uning g‘alabasini xohlamasligini qo‘shimcha qildi.

Реклама на Unews

Avvalroq, Tramp bir necha bor “Men kabi Rossiyaga nisbatan hech kim qattiqqo‘l bo‘lmagan“ degan edi. U bunday gaplarni saylovlarga Rossiya aralashgani haqidagi ma’lumotlar tarqalgan vaqtlarda aytgan. Rossiya esa saylovga aralashish ayblovini rad etib keladi.

Eslatib o‘tamiz AQSHda Prezident saylovlari 2020 yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Trampning saylovdagi raqibi sobiq vitse-prezident Jo Bayden hisoblanadi.

Parkent tumaniga kirish va chiqish cheklandi

Реклама на Unews

Propiska to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi

Ramazondan so‘ng tutiladigan olti kunlik ro‘za qanday ro‘za va uning shartlari bormi?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring