Putin harbiy safarbarlik e’lon qildi

Vladimir Putin Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi. Bu haqda u o‘z murojaatida aytib o‘tdi.

Muddatli harbiy xizmatga faqat rezervda bo‘lgan, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilgan, ma’lum harbiy mutaxassislik va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina chaqiriladi.

Harbiy xizmatga chaqirilganlar bo‘linmalarga yuborilgunga qadar qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar, dedi u o‘z murojaatida.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring