Putin Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatda Tojikistonga yordam berishni va’da qildi

“Tojik-afg‘on chegarasidagi murakkab vaziyat batafsil muhokama qilindi. Vladimir Putin ham ikki tomonlama munosabatlar, ham Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasida Tojikistonga zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi”, deb aytilgan xabarda.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva rasmiy Kobul bilan Afg‘onistonga qo‘shinlar olib kirish masalasini muhokama qilmayotganini ma’lum qilgan.

Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati 4 iyuldan 5 iyulga o‘tar kechasi “Tolibon” jangarilari hujumi ostida Tojikiston hududiga mingdan ko‘proq afg‘on harbiysi o‘tganini ma’lum qilgan.

Toliblar 5 iyulga o‘tar kechasi Tojikiston bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan Badahshon viloyatidagi bir nechta uyezd ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring