«PSJ» Messidan boshqa barcha argentinaliklar bilan xayrlashadi

«PSJ» yozgi transferlar oynasi vaqtida bir qator futbolchilarga javob berib yubormoqchi.

AS nashri xabariga ko‘ra, klubni argentinalik futbolchilar Anxel Di Mariya, Leandro Paredes va Mauro Ikardi tark etadi. Ikardi va Paredesning amalda klub bilan shartnomasi bor, ammo parijliklar ularning transferidan birmuncha pul ishlab olishni maqsad qilmoqda.

 

Anxel Di Mariyaning shartnomasi esa joriy yil yozda o‘z yakuniga yetadi va u klubni katta ehtimol bilan erkin agent sifatida tark etadi.

Реклама на Unews

 

Avvalroq, jamoaning argentinalik bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring