PSJ asosiy yarim himoyachilarini yo‘qotdi

PSJ yarim himoyachilari Ander Errera va Marko Verratti jarohati sababli safdan chiqdi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.

29 yoshli Verratti Verratti UEFA Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda (1:2) zahirada qoldirilgan bo‘lsa-da, jarohidan to‘liq tiklanishga ulgurmagani ma’lum bo‘ldi. Futbolchining son suyak mushaklari shikastlangan. U uch hafta maydonga tushmaydi.

Shuningdek, yarim himoyachisi Ander Errera ham tizzasidan olgan jarohati tufayli bir oy davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Parij klubi futbolchisi Mauro ikardi rafiqasi Vanda Nara bilan ajrashgan taqdirda faoliyatini yakunlashini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, PSJ 2022 yilning yozida fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidanni murabbiylikka olib kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring