Prezidentning qizi va kuyovi 31,8 million dollarlik yer sotib oldi

Donald Trampning qizi Ivanka va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner AQShning Mayami shahridagi Indian-Krik sohilidan yer sotib olishdi va "milliarderning bunkeri" deb nomlashdi. Yer narxi 31,8 million dollarni tashkil etadi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Shaxsiy hududi, darvozasi va qo‘riqchilari bo‘lgan Indian-Krik oroli Florida shtatidagi eng xavfsiz joylardan biridir. Bu yerda 29 ta turar joylarda 13 ta polisiyachi mavjud.

Tramp prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, er-xotin Mayami va Palm-Bich hududidagi ko‘plab mulklarni va uchastkalarni ko‘zdan kechirdilar. Shu bilan birga, er-xotin hali ham Nyu-Yorkdagi Park-avenyuda kvartiraga egalik qilishadi va shuningdek, Trampning Milliy golf-klubii yaqinidagi Bedminster (Nyu-Jersi) dagi uylarini kengaytirmoqdalar.

Реклама на Unews

Lotning narxi 75 gektar yer va shaxsiy 61 metrlik to‘siqni o‘z ichiga oladi. Hudud Trampning Mar-a-Lago xususiy qarorgohidan bir soatlik masofada joylashgan. Sotib olingan mol-mulk uchun Ivanka va Jared yiliga 472,8 ming dollar soliq to‘lashlari kerak.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 09-12-2020 позил

    омадини берсин

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish