Prezident “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni qo`llab-quvvatlovchi farmonni imzoladi

“Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash va bandligiga ko`maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–6208, 20.04.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

2021 yil 1 maydan:

2023 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to`liq qaytarib beriladi;

Реклама на Unews

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o`zini o`zi band qilishga zarur bo`lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravaridan ko`p bo`lmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg`armalari hisobidan subsidiya ajratiladi;

2021 yil 1 iyundan:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo`lgan miqdori kompensasiya qilinadi;

Реклама на Unews

  • professional ta`lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko`rsatish korxonalarida amaliyot o`tagan vaqtida, biroq 6 oydan ko`p bo`lmagan muddatda professional ta`lim tashkilotlari tomonidan Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan BHMning 2 baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi;
  • “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko`p bo`lmagan miqdorda iste`mol kreditlari ajratiladi;

 

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta`lim fanlari bo`yicha nodavlat ta`lim tashkilotlarida o`qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda BHMning 5 baravarigacha bo`lgan miqdori hamda ular bo`yicha milliy sertifikatlar olish uchun o`tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari kompensasiya qilinadi‘

  • “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o`qish xarajatlari BHMning 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi;

 

Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o`qitish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarning BHMning 4 baravarigacha bo`lgan qismi kompensasiya qilinadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring