Prezident yangi qonunni imzoladi. U 2023 yilda kuchga kiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash va yo‘q qilish, shuningdek odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadida genomga oid axborotga ishlov berish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat organlari va muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari quyidagilardan iborat:

Реклама на Unews

•    tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud;

•    Ichki ishlar, Adliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklarining sud-ekspertiza muassasalari.

Ichki ishlar vazirligi genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Реклама на Unews

•    Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
•    birinchi bosqichda biologik materialni olish amalga oshiriladi;
•    ikkinchi bosqichda biologik materialdan genomga oid axborot olinadi;
•    uchinchi bosqichda genomga oid axborot Genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. 

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish ixtiyoriy (pulli asosda) va majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olish tarzida amalga oshiriladi.

Qonun 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring