Prezident: Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya polisiyasi tashkil etiladi

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida ko`tarilgan navbatdagi masala daraxtlar muxofazasi to`g`risida bo`ldi, deya xabar bermoqda Sherzod Asadov.

Uchrashuvda aytilishicha, o`tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Biroq, shunga qaramasdan, o`tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan. Shu bois, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya polisiyasi tashkil etiladi. Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi. Ekologiya polisiyasi Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, ekologiya sohasida qo`llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, etkazilgan zarar uchun kompensasiya miqdori 2 baravar oshiriladi.

"Barcha rahbarlar bir narsani aniq eshitib olsin. Bundan buyon birorta “yashil hudud” va jamoat parkida har qanday daraxtlarni kesish qat`iyan taqiqlanadi", - dedi Prezident.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring