Prezident tomonidan yana bir Qonun imzolandi

O`zbekiston Respublikasining “Sug`urta faoliyati to`g`risida”gi Qonuni (O`RQ–730-son, 23.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Aldiya vazirligi xabar bermoqda.

 Ushbu Qonunda sug`urta tavakkalchiligi, sug`urta tarifi, franshiza, transchegaraviy sug`urta va boshqa shu kabi asosiy tushunchalarga ta`riflar berildi.

 Qonunga ko`ra, sug`urta bozorining professional ishtirokchilari (sug`urtalovchilar, sug`urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug`urta syuveyerlari, assistans)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo`yildi.

Реклама на Unews

Qonun bilan sug`urta qildiruvchi va sug`urtalovchi o`rtasida elektron shakldagi axborot almashinuvining o`ziga xos xususiyatlari belgilandi.  

Unga ko`ra, endilikda sug`urta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin.  

️ Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran uch oy o`tgach kuchga kiradi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring