Prezident tarmoqdagi o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni ko‘rsatib o‘tdi

Jahon bozorlaridagi vaziyat ikki yilda eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ichki bozorda ham 1 milliard 300 million dollarlik import bozori bor.

 

Bundan tashqari, ichki va atrofimizdagi bozorlarda yarim o‘tkazgich va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni tashkil etadi.

 

Masalan, elektromobil sanoati uchun zarur litiy-temir-fosfatli batareyalar ishlab chiqarishga barcha xom-ashyo zahirasi mavjud.

Реклама на Unews

Bu borada hududlarda barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Lekin, hudud rahbarlari bu imkoniyatlarni hisob-kitob qilib, foydalanmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari Qoraqalpog‘iston, BuxoroQashqadaryoSurxondaryo va Xorazmda qolgan hududlarga nisbatan 2-3 baravar past (200 milliard so‘mga yetmaydi).

Bugungi kunda eksport bozoriga bitta-ikkita mahalliy brend chiqa oldi, xolos. Eksportning 80 foizi shu brendlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Реклама на Unews

Eksportni 1,5 milliard dollarga olib chiqish uchun esa kamida 3-4 ta yangi brend yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring