Prezident Namangan viloyatiga jo`nab ketdi
1873 18-02-2021 0 O'zimizdaPrezident Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrifdan asosiy maqsad – avval qo`yilgan vazifalar ijrosini ko`rish, mahallalardagi sharoitni o`rganish, aholini o`ylantirayotgan muammolardan kelib chiqib, navbatdagi rejalarni belgilash.
Safar davomida sanoat korxonalari, qishloq xo`jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.