Prezident Mudofaa vazirligiga oid qarorni imzoladi

«Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–150-son, 02.03.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

Mudofaa vazirligi huzurida «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi;

Реклама на Unews

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida boshqarma boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlarida bo‘lim boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari joriy etildi.

«Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati davlat muassasasi hisoblanib, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari muassasa faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring