Prezident mahalla raislarining oyligi yana ikki baravar oshirilishini aytdi, faqat...

Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent shahrida yo`lga qo`yilgan mahallabay ishlash tizimi Buxoro viloyatida ham joriy etiladi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. Yangicha tizimda ishlash asnosida mahalla raislarining hokimliklar majlislariga jalb qilinishi qat`iyan man etiladi.   

Prezident Shavkat Mirziyoevning Buxoro viloyatiga tashrifi chog`idagi viloyat mutasaddilari, mahalla raislari va faollari bilan bo`lib o`tgan suhbat davomida mahalla tizimi qog`ozbozlik va majlisbozlik bilan band bo`lib, mahalla raislarining asosiy ishlari qolib ketayotgani tanqidiy muhokama qilindi. 

Shuningdek, prezident mahalla raislarining oyligi oshirib berilganini, yana 100 foizga oshirilishi mumkinligini ta`kidlab:

Реклама на Unews

Hammanikini emas, mahalla raislarining ishlashiga qarab  oyliklarini ikki baravargacha oshiramiz. Mashina ham beramiz... Kerak bo`lsa, mahalla raisini hokim qilaman, deb bejizga aytmadim. Yaxshi ishlasa, xalqni rozi qila olsa, nega u hokim bo`lmasligi kerak?! Mening eng katta istagim ham xalq roziligi”, - deya qo`shimcha qildi.

Viloyat miqyosida sanoat ishlab chiqarishning iqtisodiyotdagi ulushi bor yo`g`i 9 foiz, Olot, Qorako`l, Shofirkon va Jondor tumanlarida esa 3 foizga teng. Shu sababli mahallabay ishlashni tashkil qilish evaziga Buxoro viloyati va tumanlarida o`rta va kichik sanoat ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish choralari ko`rib chiqiladi. Bu bo`yicha mahalladan tortib, barcha tuman va viloyat mutasaddilari ishga kirishadi. 

Buxoroda 1 yil favqulodda vaziyat e`lon qilaman va  o`zim boshqaraman!” - dedi prezident.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring