Prezident huzurida Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi

Islohotlarni boshlash va tashabbus bildirish albatta muhim, lekin ularni mantiqiy tashkil qilish, samarali yakuniga etkazish undan ham muhim jarayon. Chunki qancha islohotlar oxiriga etmasdan, yarim yo`lda qolib ketganini ham ko`rganmiz.

Bundan tashqari barcha sohada bir paytda ko`plab islohotlar boshlansa, ularni bir mantiqiy chiziqqa teradigan markaz ham juda muhim. Yo`qsa, hamma o`zicha islohot qilib, o`ng qo`l qilganni chap qo`l bilmasdan xaosga olib kelishi mumkin.

 

Shunga ko`ra, islohotlarning uzviyligini ta`minlash, yagona yondashuvlarni shakllantirish maqsadida Prezidentning tegishli farmoni bilan Strategik rivojlanish agentligi negizida Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi.

Реклама на Unews

Yangi agentlikning vazifalari nimalardan iborat?

Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish takliflarini ishlab chiqish, ularni tashkil etish va nazorat qilish;
  • islohotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning samaradorligini baholash, rasmiyatchilik, sansalorlik va korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratuvchi tizimli muammolarni aniqlash, bartaraf etish choralarini ko`rish;
  • xalqaro moliya institutlari, chet el tashkilotlari va xorijiy mutaxassislarni hamda beg`araz ko`mak mablag`larini jalb qilish ishlarini tizimli tashkil etish;
  • davlat ishtirokidagi korxonalarni transformasiya qilish, jumladan hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish, boshqaruv organlari tarkibiga mustaqil a`zolarni kiritishni monitoring qilish.

Agentlik rahbari kim tomonidan tayinlanadi?

Реклама на Unews

Shavkat Mirziyoevning shaxsan raisligida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi tuzildi. Kengashga bir qator vakolatlar berildi.

Agentlik bosh direktori va uning o`rinbosarlari Prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Yangi agentlik nega kerak?

Agentlik barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yagona g`oya va strategiya ostida birlashtiradi hamda ularni oxirigacha etkazilishini nazorat qiladi. Shu bilan birga, yangi idora xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida jamiyat rivoji va xalq manfaatli uchun zarur bo`lgan islohotlarni ishlab chiqish, mavjudlarini ekspertizadan o`tkazish bilan shug`ullanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring