Prezident Farmoni bilan O`zbekistondagi jamg`armalardan biri MChJga aylantirildi

“O`zbekiston Respublikasining To`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jamg`armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF–215-son, 07.09.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Farmonga muvofiq “To`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jamg`armasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQSh dollariga teng “O`zbekiston Respublikasining To`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jamg`armasi” MChJ shaklidagi investisiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.

 

Investisiya kompaniyasining ustav kapitali 1 milliard AQSh dollariga etkaziladi.

Реклама на Unews

Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Investisiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

Investisiya kompaniyasi investisiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:

-kredit (qarz) olish va Investisiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablag`larini jalb qilish;

Реклама на Unews

-yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yo`li bilan ishtirok etish;

-yirik institusional va strategik investorlar bilan hamkorlik o`rnatish, shu jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring