Prezident Bektemir tumanidagi metall konstruksiyalar zavodiga bordi (foto)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrining Bektemir tumaniga safarini boshlab, bu yerda bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishmoqdadeb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Prezident dastlab “Bektemir metall konstruksiyalari” mas’uliyati cheklangan jamiyat zavodiga bordi.

Реклама на Unews

Loyihaning umumiy qiymati 48 million dollar bo‘lib, 2018 yilda ishga tushirilgan. Korxona yiliga 65 ming tonna ruxlangan metall, 1 600 kilometr yo‘l to‘siqlari, 130 ming tonna payvandlangan quvur va 17 ming dona yoritish ustuni ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Metall konstruksiyalarini issiq haroratda ruxlash Italiyaning Bisol S.p.A. uskunasida, xalqaro me’yorlar va sifat standartlari darajasida amalga oshirilmoqda. Bunday mahsulotlar chidamliligi, ko‘rimliligi va o‘rnatish jarayonida qulayligi bilan afzal. Shuningdek, bu yerda Xitoy, Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan.

Реклама на Unews

Korxonada jami 375 nafar muhandis va ishchi  mehnat qilmoqda. Prezident ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirib, mutasaddilarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

- Bu texnologiyalar ham, mahsulotlar ham yaxshi. Lekin har dam rivojlanishni o‘ylash kerak. Arzon, xavfsiz va sifatli konstruksiyalar ishlab chiqarib, korxonaning qurilish industriyasidagi o‘rnini kengaytirish zarur. Mahsulot qachon arzon bo‘ladi? Sharoit yaratsak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bunga erishish uchun loyihalashtiruvchi guruh tuzish, Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya tajribasi asosida korxonani sanoat klasteriga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Davlatimiz rahbarining Bektemir tumaniga safari davom etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring