Poytaxtning ikki tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

Yashnobod tumani, Farg`ona yo`li ko`chasida joylashgan o`rta bosimli er osti D-108 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko`chirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 yil 3 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Ma`rifat ko`chasidagi 2 320 ta xonadonlarda hamda 18 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Shuningdek, Yunusobod tumani, Oqtepa mahallasi hududida joylashgan o`rta bosim D-89 mm er usti gaz quvurini xavfsiz joyga ko`chirish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yil 3-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha O`qituvchilar, Oqtepa ko`chalarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring