Poytaxtning ayrim hududlari tabiiy gaz ta`minotidan vaqtincha uziladi

Ta`mirlash ishlari tufayli Yunusobod, Olmazor tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Yunusobod tumani, “Hamkorobod” mahallasidan, Olmazor tumani, “Gulzor”, Ibrohim ota mahallasidagi iste`molchilarni bir me`yorda tabiiy gaz bilan ta`minlash maqsadida halqalash uchun yangi qurilgan o`rta bosimli D - 159 mm er usti gaz quvurini qayta ulash ishlari “Yunusobodtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 28 - yanvar kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha Yunusobod tumani “Hamkarobod” mahallasidagi 200 ta erli xonadonlarda, 4 ta ulgurji iste`molchilarida, Olmazor tumani, “Gulzor”, Ibrohim ota mahallalaridagi 485 ta aholi xonadonlarida hamda 3 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

"Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi",–deyiladi xabarda. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring