Poytaxtda uzunligi 50 kilometrli “Salomatlik yoʻlaklari” tashkil etiladi

Toshkent shahar hokimligi bosqichma-bosqich barcha tumanlarning aholi uchun qulay boʻlgan koʻchalarida umumiy uzunligi 50 kilometr boʻlgan piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni tashkil etadi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Toshkent shahrida  umumiy uzunligi 50 kilometr boʻlgan “Salomatlik yoʻlaklari” tashkil etiladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda.

Bunday yoʻlaklarni tashkil etish mamlakat prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida koʻzda tutilgan.

Реклама на Unews

“Toshkent shahar hokimligi 2021 yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarning aholi uchun qulay boʻlgan koʻchalarida umumiy uzunligi 50 kilometr boʻlgan piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni tashkil etadi”, - deyilgan xabarda.

Bu uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024 yillarda qaytarish sharti bilan 20 million AQSH dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2020 yil 1 dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimlar va oʻrinbosarlariga haftada kamida bir marta ishga piyoda kelib-ketish tavsiya etilgani xabar qilingan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring