Poytaxtda Maxtumquli ko`chasining ma`lum qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Joriy yilning 26 avgust kuni soat 21:00 dan 27 avgust soat 07:00 gacha Poytaxtda Maxtumquli ko`chasining Mirzo Ulug`bek ko`chasidan Parkent ko`chasigacha (uch qavatli ko`prik) bo`lgan qismida ta`mirlash ishlari olib boriladi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Shu sababli mazkur yo`l qismi harakatlanish uchun vaqtincha yopiq bo`ladi.

Haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo`llardan harakatlanishlari tavsiya etiladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring