Poytaxtda karantin talablari kuchaytirildi. Bozorlarda bugundan boshlab...

Bugun, 2021 yil 15 mart kuni poytaxt hokimligida Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo`yicha Toshkent shahar shtabi rahbari, Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo`jaev boshchiligida o`tkazilgan maxsus yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Yig`ilishda so`nggi kunlarda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari ortayotganligi yuzasidan Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining axboroti tinglandi.

Shuningdek, mavjud vaziyatni nazoratga olish, shahrimizning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari va ta`lim maskanlari, shuningdek, aholi ko`p to`planadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga to`liq rioya qilinishini ta`minlash muhimligi alohida ta`kidlab o`tildi.

Реклама на Unews

Poytaxtimiz hududida koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish hamda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigiena tartib qoidalariga aholi tomonidan to`liq rioya etilishini nazoratga olish bo`yicha mas`ullarga topshiriq va ko`rsatmalar berildi.

Yig`ilishda berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, bozorlar va savdo majmualarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga to`liq rioya qilinishi yuzasidan  nazorat kuchaytirildi.

Реклама на Unews

Jumladan, poytaxtimizdagi barcha bozorlar va savdo majmualarida  hududlariga kirish darvozalarida bozor ma`muriyati, sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, O`zbekiston milliy gvardiyasi va ichki ishlar hodimlari birgalikda hududga kirayotgan aholini tibbiy niqoblarda bo`lishi nazorat qilib borilmoqda. Shuningdek, infra qizil termometr (teplovizor)lar orqali hududga kirayotganlarning isitmasi doimiy o`lchanib, qo`llari antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinmoqda. 

Bundan tashqari mas`ul idoralar hodimlari bilan birgalikda bozorlar va savdo majmualarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilishi yo`lga qo`yildi, sotuvchilar tibbiy niqoblar va qo`lqoplarda savdoni amalga oshirishlari ham nazoratga olindi.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring