Poytaxt ko‘chalaridan birida harakat cheklanadi

Yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 16-sentyabr soat 11:00 ga qadar Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy ko‘chasining Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Alimkent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi bo‘ylab harakatlanish yo‘lning bitta chizig‘i orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

«Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring