Pore Habib bilan jangdan so‘ng ruhan sinib qolgani ma’lum bo‘ldi

Yengil vazn toifasida UFC’ning birinchi raqamli jangchisi Dastin Pore (28-6) Instagram sahifasida Habib Nurmuhamedov (29-0) bilan jangdan so‘ng, qiyin holatga tushib qolgani haqida yozdi:

“Ikki yil oldin yuragim ezilib, kelajakda yana g‘alabalar qayd etishga ishonchim komil emas edi. Bugun esa chempionlik kamarini qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik uchun o‘zimni ruhan tayyorlayapman. Harakat qilishda davom eting va orzularingizga erishing. Shubhalaringizni esa boshqalarga qoldiring”.

Habib Nurmuhamedov esa Poreni qo‘llab-quvvatladi.

Реклама на Unews

“Chempionlik uchun bir qadam qoldi. Dastin, senga omad tilayman”, deya yozgan Habib.

Ma’lumot uchun, Habib Pore jangi 2019 yilning 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan va Habib bo‘g‘ish uslubi bilan Dastinni mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Dastin Pore joriy yilning 11 dekabr kuni UFC 269 turnirining markaziy jangida yengil vazn chempioni Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Реклама на Unews

Dastin so‘nggi jangini joriy yil 11 iyul kuni UFC 264 musobaqasida irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi 3-marta jang qildi. Konorning oyog‘i sinishi natijasida, Pore birinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring